11:24 / 12.06.2015
6 257

Tvitter shaxsiy yozishmalar uchun 140ta belgilik cheklovni olib tashlaydi

Tvitter shaxsiy yozishmalar uchun 140ta belgilik cheklovni olib tashlaydi

Tvitter ijtimoiy tarmog‘ida shu yilning iyul oyidan shaxsiy xabarlar jo‘natishda bir smsda 140tadan ortiq belgidan foydalana olmaslik bo‘yicha cheklovlar bekor qilinadi. Bu haqda Twitter Inc. bo‘limidagi Direct Messages loyihasi rahbari Sachin Agarval malumotiga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, bu o‘zgarishdan keyin shaxsiy yozishmalarda 10 mingtagacha harf va belgilardan foydalanish mumkin bo‘ladi.

O‘zgarish amalga kiritilishining aniq vaqti ma’lum qilinmagan, saytida sinovlar o‘tkazilishi va foydalanuvchilarda sinovlarda qatnashish so‘ralgan.

Qayd etish joizki, bu o‘zgarishlar faqat shaxsiy xabarlar uchun bo‘lib, tvitlarda 140ta belgidan iborat cheklov saqlanib qolinadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Tvitter shaxsiy yozishmalar uchun 140ta belgilik cheklovni olib tashlaydi