18:29 / 12.06.2015
6 942

BlackBerry kompaniyasi Android operasion tizimidagi ilk smartfonini tayyorlaydi

BlackBerry kompaniyasi Android operasion tizimidagi ilk smartfonini tayyorlaydi

Kanadaning BlackBerry kompaniyasi Android operasion tizimida ishlaydigan o‘zining ilk qurilmasini yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda «Korrespondent.net»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.

Kompaniya shu yo‘l bilan bozorda avvalgi sotuv hajmini qaytarmoqchi. Ekspertlarning fikricha, bir paytlar etakchi o‘rinlarda turgan BlackBerry hozirda smartfonlar bozorida bir foizdan kamroq ulushga ega.

Shu bilan birga, kompaniya o‘z platformasidan ham butunlay voz kechishni rejalashtirmayapti. BlackBerry vakillari o‘z operasion tizimlari «xavfsizlik va mahsuldorlik bo‘yicha tengsiz ekanligini e’tirof etgan».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » BlackBerry kompaniyasi Android operasion tizimidagi ilk smartfonini tayyorlaydi