“O‘zbektelekom” AJning UZMOBILE mobil aloqa operatori nutqni uzatishning juda sifatli texnologiyasi – HD Voice`ni amaliyotga tatbiq qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz.
Bu istiqbolli texnologiyani oddiygina “Yuqori ko‘rsatkichdagi aloqa” yoki “Suhbatdoshingiz yoningizda turgandek effektga ega ovoz” deb aytish mumkin.
Mobil telefon orqali HD Voice texnologiyasidan foydalanib so‘zlashganda suhbatdoshingiz go‘yoki yoningida turgandek his paydo bo‘ladi.
HD Voice texnologiyasi nutq anglanishini sezilarli darajada oshiradi, so‘zlarning oxiri yo‘qolib qolishi effektini bartaraf etadi, ovoz tembri, alohida tovushlarning aytilishi va suhbatdosh nutq ohangini buzilishlarsiz uzatadi.
Agar telefonda suhbatlashayotgan ikki mijoz “UZMOBILE GSM”ning 3G tarmog‘ida bo‘lsa va ularning telefonlari WB-AMR kodegini qo‘llab-quvvatlasa, HD Voice avtomatik ravishda ishga tushadi.
“Suhbatdoshingiz yoningizda turgandek effekti” sizga o‘zingizning suhbatdoshingizdan ko‘plab kilometrlar uzoqlikda joylashganingizni unutishingizga imkon beradi.
Telefon tomonidan WB-AMR texnologiyasi qo‘llab-quvvatlanishi haqidagi axborotni telefon yo‘riqnomasidan yoki telefon ishlab chiqaruvchisini qo‘llab-quvvatlash xizmatidan aniqlashtirib olish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi