Toyota avtokonsernining lyuks avtomobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘linmasi – Lexus parvoz qila oladigan skeytbord – xoverbordning amaldagi modelini ishlab chiqdi. Bu haqda RBC.ru'ga asoslanib Daryo.uz xabar bermoqda.
Lexus saytida xabar berilishicha, qurilma suyuq azot bilan sovitilgan yuqori o‘tkazgichlar va magnitlar yordamida ishlaydi. Bloomberg’ning qayd etishicha, hozircha mazkur qurilma sotuv uchun mo‘ljallanmagan.
Agentlikning yozishicha, xoverbord foydalanayotgan tamoyil asosida magnit yostiqchasida harakatlanadigan yapon poezdlari o‘tgan yili tezlik rekordini o‘rnatgan edi. Avvalroq Toyota uchar avtomobillarni ishlab chiqarish haqida o‘ylayotganini ma’lum qilgandi.
Lexus faqatgina maxsus qoplamali sathda ucha oladigan xoverbord prototipini shu yil yozda Barselonada sinovdan o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Mazkur qurilma haqida 2015 yil 21 oktyabr kuni bo‘ladigan maxsus tadbirda batafsil axborot beriladi.
Ushbu sananing tanlanishiga sabab, 1989 yili suratga olingan «Kelajakka qaytib-2» fantastik filmi qahramonlari aynan shu – 2015 yilning 21 oktyabr kuniga tushib qolishadi. Bu filmda ko‘plab kelajak texnologiyalari ko‘rsatilgan bo‘lib, ular orasida xoverbord ham bor edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi