14:36 / 18.02.2015
6 730

Kasperskiy: AQSh 1996 yildan beri kompyuterlar yordamida Meksikani kuzatib kelgan

Kasperskiy: AQSh 1996 yildan beri kompyuterlar yordamida Meksikani kuzatib kelgan

AQSh hukumati 1996 yildan beri kompyuterlar yordamida Meksikani kuzatib kelgan, deb ma’lum qildi kompyuter xavfsizligi bilan shug‘ullanuvchi Rossiyaning “Kasperskiy Laboratoriyasi” kompaniyasi vakili.

Laboratoriyaning Lotin Amerikasidagi mutaxassisi Dmitriy Bestujevning so‘zlari qaraganda, gap katta miqyosdagi josuslik haqida bormoqda. Bestujev Meksikaning Excelsior nashriga bergan intervyusida Meksika va boshqa bir qator davlatlarga o‘z vaqtida sotilgan millionlab kompyuterlarning qattiq disklarida harbiy josus-dastur o‘rnatilganligini ma’lum qilgan.

“Bu dasturning qurbonlari orasida hukumat va diplomatik muasssasalar, telekommunakasion kompaniyalar, aerokosmik agentliklar, energetika korxonalari, yadroviy va ilmiy markazlar bo‘lgan”, deb aytdi Bestujev.

Avvalroq “Reyter” agentligi “Kasperskiy Laboratoriyasi” o‘tkazgan tadqiqotlarga asoslanib, AQShning Milliy xavfsizlik agentligi dunyodagi ko‘pchilik kompyuterlardagi ma’lumotlarni ushlab oluvchi josuslik dasturini yaratganini ma’lum qilgandi. Agentlikning ma’lumotlariga ko‘ra, “Kasperskiy Laboratoriyasi” mutaxassislari 30 ta davlatda bunday dasturlardan bittasi yoki bir nechtasi bilan zararlangan kompyuterlarni aniqlashgan. AQSh Davlat departamenti bu xabarga hech qanday munosabat bildirmagan.

Laboratoriyaning ma’lumotlariga ko‘ra, bu dastur bilan zararlangan kompyuter disklari ichida Western Digital, Seagate Technology, Toshiba, IBM, Micron Technology va Samsung Electronics kompaniyalari ishlab chiqargan qattiq disklar bo‘lgan.

Bestujev Meksika bunday kuzatuvlarning asosiy nishonlaridan biri bo‘lgan, deb hisoblamoqda, chunki bu davlat tez rivojlanayotgan iqtisodiyotga ega bo‘lgan davlatlar qatoriga kiradi hamda raqobatbardoshlikda muvaffaqiyatga erishishni ta’minlash borasida zaruriy ma’lumotlarga ega bo‘lishi mumkin deb hisoblanadi.

Manba: www.kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Kasperskiy: AQSh 1996 yildan beri kompyuterlar yordamida Meksikani kuzatib kelgan