15:57 / 18.02.2015
7 309

Apple smartfon-ko‘zoynak uchun patent oldi

Apple smartfon-ko‘zoynak uchun patent oldi

Apple korporasiyasi virtual reallik ko‘zoynagi uchun patent oldi, deya xabar bermoqda «RBK». Ko‘zoynak tuzilishi jihatidan smartfon uchun slot ko‘rinishiga ega.

Foydalanuvchi ko‘zi oldidagi manzara iPhone ekranida aks etadi. Avvalroq shunga o‘xshash g‘oyaga ega gadjet Samsung kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan edi. Shuningdek, Google ham Google Cardboard virtual reallik shlemini ishlab chiqishda bunday g‘oyadan foydalangan.

Ma’lum bo‘lishicha, 2014 yil noyabridan buyon Apple virtual reallik yaratish sohasidagi mutaxassislarni qidirib kelmoqda. Biroq patentni qo‘lga kiritishi Apple’ning yangi gadjet chiqarishini bildirmaydi, deb yozadi nashr. Kompaniya ko‘plab texnologiyalarni patentlashi bilan taniqlidir, biroq bu ko‘pincha ularni qo‘llagan holda yangi qurilmalar yaratilishiga olib kelmaydi.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple smartfon-ko‘zoynak uchun patent oldi