09:41 / 21.02.2015
7 901

Toshkentda 15 900 dollarni so‘mga ayirboshlashga uringan ikki fuqaro jarimaga tortildi

Toshkentda 15 900 dollarni so‘mga ayirboshlashga uringan ikki fuqaro jarimaga tortildi

Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi ikki fuqaro o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib, xorij valyutasi bilan oldi-sotdi qilishni maqsad qildi, deb xabar bermoqda «Huquq» gazetasi.

Ular 15 900 AQSh dollarini sotish maqsadida Yunusobod tumanining 11-mavzesiga borib, ushbu pullarni 47 million 65 ming so‘mga sotayotgan vaqtida SVOJJDLQK departamenti xodimlari tomonidan ushlandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining hukmi bilan bu ikki shaxsga eng kam ish haqining 50 barobari miqdorida jarima tayinlandi. Ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan 15 900 AQSh dollari esa davlat hisobiga o‘tkazildi.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda 15 900 dollarni so‘mga ayirboshlashga uringan ikki fuqaro jarimaga tortildi