O‘rmon xo‘jaligi Bosh boshqarmasi va uning tizimidagi o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan sohada iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning bajarilishini ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
2014 yil davomida 42,8 ming gektar, jumladan, Orol dengizining qurigan tubida 16,8 ming gektar maydonda cho‘l o‘simliklaridan yangi o‘rmonzorlar barpo etildi va tabiiy tiklanishiga ko‘mak berish tadbirlari olib borildi. 400 gektar maydonda niholxona va ko‘chatxonalar tashkil etildi.
Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 oktyabrdagi lola daraxti va Qrim qarag‘ayi ko‘chatlarini ekishni ko‘paytirish borasidagi 683-F-sonli va 2013 yil 24 avgustdagi 539-F-sonli farmoyishlari ijrosini ta’minlash maqsadida respublika bo‘yicha ko‘chat ekish oyligi mavsumida 2200 tup lola daraxti, 9100 tup Qrim qarag‘ayi va 47200 tup chilonjiyda ko‘chatlari ekildi.
O‘rmonzorlar barpo qilish va qayta tiklash bilan bir qatorda ularni qo‘riqlash, muhofaza qilish, kasallik va zararkunandalardan asrash maqsadida rejadagi 25225 gektar maydonda o‘rmon kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurash ishlari, shundan rejadagi 15225 gektar maydonda biologik kurash ishlari olib borildi. 2014 yil davomida 123 km masofada yong‘inga qarshi yo‘llar, 58 km yangi himoya liniyalari, 314 km minerallashtirilgan polosalar qurildi, 1628 km o‘rmon xo‘jaligi ahamiyatiga ega va yong‘inga qarshi yo‘llar va 1599 km minerallashtirilgan polosalar ta’mirlandi.
Dorivor o‘simliklarni madaniy holda ko‘paytirish maqsadida 100 gektar maydonga 18 turdagi dorivor o‘simliklar ekilib, 263 tonna dorivor o‘simliklar xomashyosi tayyorlandi. Tizimdagi o‘rmon xo‘jaliklarining mavjud sexlarida 10 turdagi dorivor o‘simliklarni 30-50-100 grammli qutichalarda qadoqlash 85 ming donadan ortiqni tashkil etib, davlat ro‘yxatida qayd qilingan holda ulgurji dori-darmon korxonalari, dorixonalar, sihatgohlar va boshqa shifo maskanlariga etkazib berilmoqda.
Manba: www.daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»