7 962
Yuz yoshni qarshilagan pensionerlarga 118 ming so‘mdan qo‘shimcha pensiya to‘lanadi
O‘zbekistonda avvaldan yashab kelayotgan va 100 yoshga to‘lgan nafaqaxo‘rlarga nafaqani eng kam ish haqi miqdoridagi (118,4 ming so‘m) qo‘shimcha mablag‘ bilan beriladigan bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining matbuot xizmatiga asoslanib, “Gazeta.Uz” xabar qilgan.
“Keksalarni qadrlash va e’zozlash yili” munosabati bilan joriy etilgan dastur doirasidagi bu ijtimoiy imtiyoz g‘aqidagi qaror 18 fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan tasdiqlangan.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda O‘zbekistonda 100 yoshga to‘lgan 8700 kishi yashamoqda.
Aholining keksalar qatlami uchun imtiyozlar ayniqsa urush va mehnat faxriylari uchun keng miqyosda joriy qilib qo‘yildi.
Biroz oldinroq, bu toifa kishilar uchun mamlakat hududidagi sanatoriyalarda bir yilda bir marta 12 kunlik bepul davolanish, jamoat transportlaridan tekinga foydalanish, Xotira kunlarida moddiy yordamlar bilan ta’minlanish va boshqa ko‘plab tibbiy yordamlardan bepul va beminnat foydalanish huquqi belgilab qo‘yilgan edi.
Davlat byudjetidan keksalarga doim g‘amxo‘rlikda bo‘lishni ta’minlash maqsadida mablag‘lar ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Manba: www.kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin