18:16 / 23.02.2015
11 295

O‘zbekistonda keksalar uchun maxsus internet-portal yaratiladi

O‘zbekistonda keksalar uchun maxsus internet-portal yaratiladi

«Keksalarni e’zozlash yili» davlat dasturi doirasida qariyalar uchun maxsus «Nuroniy.net» internet-portalini ochish ko‘zda tutilgan, deb yozadi «Infocom.uz». U «Elektron hukumat» axborot tizimi bilan integrasiyalashgan bo‘ladi.

Ushbu loyiha doirasida portalning tegishli bo‘limlariga keksalar uchun mavjud bo‘lgan imtiyozlar, pensiya to‘g‘risidagi va boshqa qonunchilik, yangiliklar, konsultasiyalar joylanadi.

Portalga Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligining barcha hududiy bo‘linmalari, «Saxovat» uylari, keksalar uchun sanatoriyalar, madaniyat markazlari, axborot-resurs markazlari jalb qilinadi.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda keksalar uchun maxsus internet-portal yaratiladi