13:14 / 27.02.2015
23 149

Qiziqchi Avaz Oxun 2015 yil oxirigacha “Istiqlol” saroyida konsert beradi

Qiziqchi Avaz Oxun 2015 yil oxirigacha “Istiqlol” saroyida konsert beradi

Qiziqchi Avaz Oxun “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida marhum Hojiboy Tojiboyevning nomidan foydalanmayotgani, aksincha, uning ijod yo‘lini davom ettirayotganini ma’lum qildi.

Oxunning so‘zlariga ko‘ra, Hojiboy Tojibev uning g‘oyibona ustozi, unga “yonida yurib shogird bo‘lish baxti nasib etmagan”.

“Nazariyadan ustozim Ma’murjon Umarovdan saboq olganman. Mirzabek Xolmedovdan esa nafaqat qiziqchilik sirlarini, balki inson sifatida ham juda ko‘p narsa o‘rganganman”, – deydi u.

Avaz Oxun o‘z o‘rnida Hojiboy Tojiboyev ijodiga ham murojaat qilib turishini tan olgan. “men mavzuni o‘g‘irlamaganman, ilhomlanganman. Bu avvalo ustozga hurmatimdan. Shuningdek, Hojiboey Tojiboyevning ijodini xalqqa kimdir eslatib turishi kerak-ku axir”, – deydi qiziqchi.

“Konsertimning birinchisi “Turkiston” saroyida o‘tgan bo‘lsa, 2015 yilning oxirlariga qadar “Istiqlol” san’at saroyida ham konsert berish niyatim bor”, – deya qo‘shimcha qildi Avaz Oxun.

Ma’lumot uchun, so‘z ustasi Avaz Oxun 1983 yil 27 aprelda Asaka tumanida tug‘ilgan, oilada to‘rt farzandning to‘ng‘ichi. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini rejissyorlik yo‘nalishini tugatgan.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qiziqchi Avaz Oxun 2015 yil oxirigacha “Istiqlol” saroyida konsert beradi