13:58 / 13.09.2016
9 371

Islom Karimov tutgan kundalik (7-qism)

Islom Karimov tutgan kundalik (7-qism)

TEMIRChINING O‘G‘LI Ahmadjon Otajonov hikoya qiladi :
— Ayni qirq yoshga to‘lgan qirchillama paytim. Sal o‘yinqaroqligim bormidi, yo ishning haddan tashqari ko‘pligi charchatdimi, bu azobu-uqubatlarning menga nima keragi bor dedim-da, ish joyimni o‘zgartirishga qaror qildim. Ertalab To‘rtko‘lga yo‘l oldim. Otamni usta Bekjon derdilar. Temirchilik kasbi orqali u kishini hamma tanir, hurmat qilardi. Otam, arzimni eshitib turdilar-da, uzoq o‘yga toldilar.
So‘ngra :
— Meni bilasan-a, — dedilar. – Butun umrim temirchilik bilan o‘tdi. Birim ikki bo‘lgani yo‘q. Sovet davrida temirchilar, misgarlar, kosiblar, duradgorlar bo‘ynida “plan” degan narsa bor edi. Ertadan kechgacha ishlab, umrimiz “plan” topshirish bilan o‘tardi. Islom Karimov kelib kosamiz oqardi. Bo‘ynimizdan “plan”ni ham, “nalog”ni ham olib tashladi. Biz oddiy odamlarning “dod”imizga etdi. Xudo iqbol berib, sen shu odamning qo‘l ostida ishlayapsan. Sening ishing temirchinikidan qiyinmi ? – dedilar.
— Ha, ota! Mening ishim temirchinikidan qiyin. Bir kunda uch-to‘rt soat uxlayman. Bu odam bizni molaga qo‘shgan xo‘kizday ishlatadi. O‘zi tinmaydi, bizni ham tinchitmaydi. Hammamizdan bir chaqirim oldinda yuradi, ortlaridan yugurib etolmaymiz, keyin boshimizda tayoq sinaveradi, — dedim.
— Odam ishdan o‘lmaydi, — dedi otam. – Islom Karimov xalq uchun xizmat qilayapti. Bu odam bir kunda esa bir kosa ovqat eydi. Kiysa bitta kastyum kiyadi. Hech mahal ikkita kastyum kiymaydi. Yoki ikki kosa ovqat emaydi. Ammo tinmay ishlaydi. Xalq uchun ishlaydi. O‘z ishingni yaxshi ko‘rsang, qiyinchiliklarning qiyinchiligi qolmaydi. Hammasi oson ko‘chaveradi. Bizning erlarimizda yashab o‘tgan Beruniy bobo yigirma to‘rt yoshida ming betlik kitob yozgan. Aqlga sig‘maydigan ish qilgan, chunki o‘z ishini yaxshi ko‘rgan, ilmu-ma’rifat fidoiysi bo‘lgan.
Islom Karimov xalqning mushkulini oson qilayapti. Omading chopib, o‘sha odamning oldiga boribsanmi, joningni berib ishla. Savob uchun ishla, xalq uchun ishla, dunyoda yaxshilik urug‘ini sochishdan yaxshiroq ish yo‘q, — dedilar.
Otamning shu o‘gitlaridan keyin yana o‘n yillar Prezident Devonida ishladim. Oddiy xodimlikdan Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimigacha ko‘tarildim, keyin xokimiyat tizimida ishlab yurdim. Muhtaram Prezidentimizdan ko‘p o‘rgandim. U kishi Davlat qurilishi bo‘yicha ilmi ummon, Akademik edilar. Bu tog‘ shu qadar balandki, yillar o‘tgan sari, tobora yuksalaveradi.
U kishining qo‘l ostida ishlab, erinchoqlik qilgan bo‘lsam, nimadandir achchig‘im chiqqan bo‘lsa, topshiriqlarni ko‘ngildagiday bajarmagan bo‘lsam, u kishining ruhi oldida kechirim so‘rayman. U kishining qo‘l ostida juda ko‘p xayrli ishlarga bosh qo‘shdim. Xalqimizning og‘irini yengil qilishda qatnashdim. Buning uchun Islom akadan minnatdorman. Iloho joylari jannatdan bo‘lsin, qabrlari nurga to‘lsin, iydi Qurbon kunlari yod etib turibmiz, ruhlari shod bo‘lsin !

Shoir Muhammad Ismoil

Manba: diydoraziz.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Islom Karimov tutgan kundalik (7-qism)