Italiyaning mashhur Dolce&Gabbana modalar uyi bahor-yoz mavsumi uchun mo‘ljallangan to‘plami reklamasida suratga tushish uchun taniqli modellar Byanka Balti, Vittoriya Cheretti, Blanka Padilya hamda asli o‘zbekistonlik Irina Sharipovani taklif qildi, deya xabar bermoqda «Sntat.ru».
Irina o‘tgan yilning 2 dekabr kuni Londonda bo‘lib o‘tgan Victoria’s Secret brendining shou dasturida ham ishtirok etgan edi.
Irina Sharipova 1992 yilda Buxoroda tug‘ilgan. 7 yoshida onasi bilan Tataristonga ko‘chib ketgan va Qozon Davlat texnologiya universitetiga o‘qishga kirgan. 2010 yilda Irina «Tatariston go‘zali»ga aylanib, «Rossiya go‘zali» tanlovida 2-o‘rinni egallagan. «Dunyo go‘zali»da Rossiya nomidan ishtirok etgach, uni turli modalar uylari ishga taklif qila boshlagan.
Ayni paytda Irina Nyu-Yorkda yashab, Woman Model Management model agentligi bilan ishlamoqda.
Manba: www.daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shavkat Mirziyoyev bir qator davlatlarning TIV rahbarlarini qabul qildi
Osiyo kubogi U-23. Abbosbek Fayzullayev futbolchilar orasida eng qimmati
Moskvadagi qurilishda migrantlar mushtlashdi (video)