16:42 / 14.09.2016
11 054

Shavkat Mirziyoyevning tashqi siyosat bo‘yicha tajribasi qanday?

Shavkat Mirziyoyevning tashqi siyosat bo‘yicha tajribasi qanday?

O‘zbekiston Respublikasining vaqtinchalik prezident vakolatlarini bajaruvchisi Shavkat Mirziyoyevning tashqi iqtisodiy-siyosiy aloqalar bo‘yicha malakasi qay darajada? Bu haqida Senatining Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi raisi Sodiq Safoyev Parlament palatalarining 2016 yilning 8 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi nutqida ma’lumot berib o‘tdi.

“Bugungi o‘ta murakkab xalqaro sharoitda jahonda va atrof-tevaragimizda ahvol nihoyatda qaltis bo‘lib, vaziyat tobora keskinlashib, ziddiyatlar avj olayotgan bir vaqtda, aminmanki, Prezidentimiz vakolatlari har sohada, shu jumladan, tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy aloqalar bobida chuqur bilim va amaliy tajribaga ega bo‘lgan, xalqaro munosabatlarni har tomonlama anglagan va O‘zbekistonga hamkor bo‘lgan davlatlar rahbarlari orasida obro‘ga ega bo‘lgan shaxs zimmasiga yuklatilishi kerak. Buni davrning o‘zi talab qiladi.Bu xalqimiz taqdiri oldidagi yuksak mas’uliyatimizni anglatadi.

Shundan kelib chiqqan holda davlatimiz Prezidenti vazifasi va vakolatlarini yuqorida qayd etilgan barcha fazilatlarga ega bo‘lgan, mustaqillikning birinchi kunlaridanoq Prezidentimiz Islom Karimovga yonma-yon, elkadosh bo‘lib, turli darajadagi hokimiyat idoralarida ishlab kelgan Islom aka Karimovning sodiq shogirdi — O‘zbekiston Respublikasining bosh vaziri Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga vaqtincha yuklanishi yagona to‘g‘ri qarordir.

Men shuni aytmoqchimanki, bu kishida genetik qon-qonidan singib ketgan namoyishkorona emas, samimiy mardlik bor va buni sezmay bo‘lmaydi. Men o‘zimning shaxsiy tajribamdan kelib chiqqan holda shuni qayd etmoqchimanki, Shavkat Miromonovich uzoqdagi va yaqin qo‘shni davlatlar orasida chinakam xalqaro obro‘ qozongan va tajribali yirik arbob sifatida e’tirof etilgan. U eng katta xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari bilan, eng nufuzli iqtisodiy tuzilmalar bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda, biz buni ko‘p marotaba ko‘rganmiz, vatanimiz milliy manfaatlarini ilgari surish, kerak bo‘lgan paytda qat’iyatlilik bilan himoya qilish qobiliyatini namoyish qilganining guvohi bo‘lganmiz.”- dedi Sodiq Safoyev.

Shuningdek, Senator Shavkat Mirziyoyevning Islom Karimovning maraka marosimini tashkillashtirish bo‘yicha qilgan ishlarini ham e’tirof etib o‘tdi. U bu haqida -“Bir narsani qayd etishni o‘zimning insoniy burchim deb bilaman. O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom aka Karimov bilan vidolashuvning og‘ir, qayg‘uli kunlarida xalqimizni yanada jipslashtirishda barchamizni bir tanu bir jon bo‘lib vatanimizning buyuk farzandiga oxirgi ehtiromini bekamu ko‘st bildirishni tashkil qilishda yana bir bor Shavkat Miromonovichning katta tashkilotchilik iqtidori sohibi ekanligi, balki o‘z ustoziga o‘z otasidek chin dildan qayg‘urib xizmat qilganligini, uning chinakam insoniy munosabatini ko‘rdik. Buni xalqimiz, hammamiz qadrlamay, e’zozlamay ilojimiz yo‘q” deya fikr bildirdi.

Manba: diydoraziz.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyevning tashqi siyosat bo‘yicha tajribasi qanday?