11:04 / 15.09.2016
11 596

1 oktyabrdan issiq va sovuq suv narxlari oshadi

1 oktyabrdan issiq va sovuq suv narxlari oshadi

1 oktyabrdan O‘zbekiston poytaxti aholisi va tashkilotlar uchun markaziy isitish hamda issiq suv ta’minoti tarifi oshadi. Bu haqda «Kun» nashri xabar berdi.

Tariflar oshishi yoqilg‘i va materiallarning qimmatlashuvi bilan bog‘liq hisoblanadi.

Issiq suv va isitish tizimi
Issiq suv ta’minotining yangi tarifi aholi uchun hisob uskunasi bo‘lgan taqdirda kubometriga 3736,92 so‘mni (amaldagi tarif — 3459,9 so‘m, — 8%), hisoblagich o‘rnatilmagan taqdirda kishi boshiga oyiga 14593,56 so‘mni (amaldagi tarif — 13511,73 so‘m) tashkil qiladi. Umumiy dushxonaga ega yotoqxonalarda narx kishi boshiga 10856,2 so‘mga etadi (amaldagi narx — 10051,42 so‘m). Markaziy isitish tizimi uchun to‘lov narxi kvadrat metrga 1169,7 so‘mdan 1263,35 so‘mga ko‘tariladi.

Sovuq suv
«Suvsoz» davlat unitar korxonasi xabar qilishicha, 1 oktyabrdan Toshkent aholisi uchun suv ta’minoti xizmati yangi tariflar bo‘yicha hisoblanadi.

Markazlashgan issiq suv ta’minoti tizimi va kanalizasiyaga ega xonadonlar uchun yangi tarif hisoblagich bilan 1 kubometr uchun 410 so‘m (hozir 390 so‘m, o‘sish — 5%), hisoblagichsiz esa 295 so‘mni (hozir — 280 so‘m) deb belgilandi.

Barcha qulayliklar bilan ta’minlangan xususiy uylarda esa kanalizasiya xizmatini qo‘shganda har bir kubometr uchun 295 so‘mni (hozir 280 so‘m), kanalizasiyasiz 180 so‘mni (hozir 170 so‘m) tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, issiq va sovuq suv uchun to‘lov hisoblagichi bo‘lmagan aholiga issiq va sovuq suv ta’minoti uchun belgilangan tariflarga 1,5 koeffisientini qo‘llash orqali amalga oshiriladi.

Bundan oldin oxirgi marta tariflar shu yilning 1 aprelida 9 foizga oshgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 1 oktyabrdan issiq va sovuq suv narxlari oshadi