15:28 / 18.09.2016
8 024

Toshkentda kvartiralar narxi arzonlashda davom etmoqda

Toshkentda kvartiralar narxi arzonlashda davom etmoqda

Avgust oyida Toshkent ikkilamchi kvartira bozorida taklif etilgan 1 kv. m uchun o‘rtacha narx iyul oyi bilan taqqoslanganda 2 foizga arzonlashib, 588 sh. b. (shartli birlik) dan 573 ga pasaygan. Mazkur ma’lumotlar CREDO MAX ESTIMATION baholash kompaniyasi tomonidan «Gazeta.uz» tahririyatiga taqdim etilgan hisobotda o‘z ifodasini topgan.

Unda panel turidagi xonadonlarning «kvadrati» narxi joriy yil mart oyidagi 556 sh. b. dan 544 sh. b. ga (-2 %) arzonlashgan bo‘lsa, g‘ishtli uylar narxi — 635 o‘rniga 613 sh. b. (-3 %) ni tashkil etgan.

Xonalar soniga nisbatan narx takliflari quyidagicha namoyon bo‘lmoqda: bir xonali kvartiralar — 575 sh. b. (-3 %), ikki xonali kvartiralar— 561 (-2 %), uch xonali kvartiralar— 577 (-3 %), to‘rt xonali kvartiralar— 605 (-3 %), ko‘p xonali kvartiralar esa — 592 (-3 %).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda kvartiralar narxi arzonlashda davom etmoqda