01:44 / 02.10.2016
6 794

Velomarafon munosabati bilan bir qator ko‘chalarda harakat cheklanadi

Velomarafon munosabati bilan bir qator ko‘chalarda harakat cheklanadi

2 oktyabr kuni 9:00 dan 11:00 gacha Toshkentdagi bir qator markaziy ko‘chalar to‘qqinchi «Kamolot-Tur» yoshlar velomarafoni o‘tkazilishi munosabati bilan avtotransport vositalari harakatlanishi uchun yopiladi.

Poytaxt hokimiyati axborot xizmatining xabar qilishicha, Nukus, Abdulla Qodiriy, Abay, Navoiy, Sharof Rashidov, Mustaqillik, Amir Temur Oybek, Glinka, Sebzor va Yusuf Xos Xojib ko‘chalarida harakat cheklanadi.

Toshkent ma’muriyati ushbu cheklanishlar tufayli yuzaga keladigan noqulaychiliklar uchun oldindan uzr so‘radi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Velomarafon munosabati bilan bir qator ko‘chalarda harakat cheklanadi