13:26 / 10.10.2016
7 088

Xorijiy davlatlardagi saylov uchastkalari ro‘yxati e’lon qilindi

Xorijiy davlatlardagi saylov uchastkalari ro‘yxati e’lon qilindi

28 mamlakatda bittadan, 8 davlatda ikkitadan O‘zbekiston Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi saylov uchastkalari ochiladi.

O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida O‘zbekiston Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 44 ta saylov uchastkasi tuzildi. Ularning barchasi O‘zbekiston Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 14-Toshkent shahar saylov okrugiga biriktirildi.

Markaziy saylov komissiyasi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston fuqarolariga yanada qulaylik yaratish maqsadida xorijiy davlatlarning boshqa shaharlarida ham yangi saylov uchastkalari tashkil etilishi mumkin. Mazkur masala Tashqi ishlar hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirliklari tomonidan o‘rganib chiqilmoqda.

28 davlatda bittadan, 8 mamlakatda (Afg‘oniston, Germaniya, Xitoy, BAA, Rossiya, Saudiya Arabistoni, AQSh va Turkis) ikkitadan saylov uchastkasi faoliyat ko‘rsatadi.

Xorijiy davlatlardagi saylov uchastkalari

Abu-Dabi shahri (BAA)
Anqara (Turkiya)
Afina (Gresiya)
Ashxobod (Turkmaniston)
Baku (Ozarbayjon)
Bangkok (Tailand)
Berlin (Germaniya)
Bishkek (Qirg‘iziston)
Bryussel (Belgiya)
Varshava (Polsha)
Vashington (AQSh)
Vena (Avstriya)
Dehli (Hindiston)
Dubay (BAA)
Dushanbe (Tojikiston)
Jakarta (Indoneziya)
Jeneva (Shveysariya)
Jidda shahri (Saudiya Arabistoni)
Islomobod (Pokiston)
Istambul (Turkiya)
Kiev (Ukraina)
Kuala-Lumpur (Malayziya)
London (Buyuk Britaniya)
Madrid (Ispaniya)
Mozori-Sharif (Afg‘oniston)
Moskva (Rossiya)
Novosibirsk (Rossiya)
Nyu-York (AQSh)
Olma-ota (Qozog‘iston)
Parij (Fransiya)
Pekin (Xitoy)
Riga (Latviya)
Rim (Italiya)
Seul (Koreya)
Singapur (Singapur)
Tel-Aviv (Isroil)
Tehron (Eron)
Tokio (Yaponiya)
Frankfurt-na-Mayne (Germaniya)
Shanxay (Xitoy)
Al-Quvayt (Quvayt)
Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni)
Qobul (Afg‘oniston)
Qohira (Misr)

Manba: Gazeta.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Xorijiy davlatlardagi saylov uchastkalari ro‘yxati e’lon qilindi