8 375
Toshkentlik fuqaro bosh vazir virtual qabulxonasining yordami bilan plastik kartaga avtomobil xarid qildi
Facebook ijtimoiy tarmog‘ida tashkil etilgan “Shavkat Mirziyoyev – Shavkat Mirziyoyev” sahifasida plastik kartaga avtomobil xarid qilishga uringan fuqarolardan birining Bosh Vazirga ushbu masalada murojaat etib hal qilgani bayon etilgan maktub nashr qilindi, deyiladi "Sof.uz" sayti xabarida.
Xat “Onam... joriy yilning sentyabr oyida o‘zlariga tegishli bo‘lgan plastik kartadan mening nomimga ochilgan plastik kartaga hadya sifatida pul mablag‘lari ko‘chirib berdilar. Shundan so‘ng men 2016 yil sentyabr oyining so‘nggi o‘n kunida “TOShKENT DEU” MChJ avtosaloniga uchradim”, deb boshlanadi. So‘ng u salondagi avtomobillar bilan tanishgach, milliy valyutadagi plastik kartasi orqali to‘lovni amalga oshirmoqchi bo‘lganligi bayon qilingan. Operator esa unga terminal apparati mavjud emasligini ma’lum qiladi.
Fuqaro o‘z huquqidan foydalanib, Bosh Vazirning virtual qabulxonasiga murojaatnoma yozadi. Murojaatnomani “Trastbank” XAB qonunchilikda belgilangan tartibda o‘rganib chiqib, 11 oktyabr kuni uning egasi bilan suhbat o‘tkazadi. Yakuniy xatda keltirilishicha murojaatchiga “...bank plastik kartochkasi orqali avtomashina xarid qilish murojaati yuzasidan batafsil tushuntirish berildi. Shu kunning o‘zida fuqaroning bank plastik kartasidan terminal orqali avtomashina uchun to‘lov amalga oshirildi va fuqaro bilan tuzilgan shartnoma asosida pul mablag‘lari “TOShKENT DEU” MChJ avtosaloni hisob varag‘iga ko‘chirildi”. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?