22:53 / 14.10.2016
13 678

Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar yana oshiriladi coliqlar esa kamayadi

Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar yana oshiriladi coliqlar esa kamayadi

2016 yil 12 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev raisligida Vazirlar Mahkamasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda "Diydoraziz.uz" sayti yozmoqda.

Majlisda qayd etib o‘tildiki, soliq siyosati konsepsiyasida nazarda tutilgan rag‘batlantiruvchi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi kelgusi yilda mamlakat iqtisodiyotiga soliq yukini yanada kamaytirishni ta’minlaydi.

Hamda majlisda 2017 yilgi Davlat byudjeti xarajatlarining asosiy parametrlariga alohida e’tibor qaratildi. Ishlab chiqilgan Davlat byudjeti loyihasida ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirishga qariyb 60 foiz mablag‘lar ajratilishi ushbu loyihada yuqori ijtimoiy yo‘naltirilganlik saqlanib qolgani qayd etib o‘tildi. Kelgusi yilda byudjet sohasi xodimlari ish haqi, pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar va stipendiyalar miqdorlarini yanada oshirish, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa ijtimoiy soha muassasalarining moddiy-texnik bazasi va jihozlanganligini mustahkamlashga oid ishlarni davom ettirish nazarda tutilmoqda.

Respublika Hukumati majlisidagi muhokamalar natijalari bo‘yicha 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi, soliq va byudjet siyosati konsepsiyalari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining hamda Ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi loyihalari ma’qullandi va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga ko‘rib chiqish uchun yuborishga qaror qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar yana oshiriladi coliqlar esa kamayadi