18 oktyabr Toshkent shahrida ilk qor uchqunlarini ko‘rish mumkin bo‘ldi. Erta tongdan boshlangan kuchli yomg‘ir kunduz kuni qorga aylandi.
Gidrometeorologiya xizmati markazi 18 oktyabr kuni poytaxtimiz Toshkent shahrida yomg‘ir yog‘ishini va qorga aylanashini xabar qilgandi. Ayni vaqtda havo harorati 10-12 daraja iliq. G‘arbdan esayotgan shamol tezligi soniyasiga 12-17 metrgacha ko‘tariladi.
Avvalroq, Andijon viloyati va Qamchiq dovoni, shuningdek, Chimyon tog‘i ham qor ostida qolgani haqida xabar berilgandi. Bugun qor Toshkent shahriga ham etib keldi.
19-20 oktyabr kunlari mamlakatimiz bo‘ylab havo harorati keskin tushib ketishi mumkin. Kechqurun ayrim hududlarda harorat, hatto, 2 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi