19:00 / 21.10.2016
27 417

Sh. Mirziyoyevga bog‘lanish uchun sutkada 19 mingdan ortiq qo‘ng‘iroq bo‘ldi

Sh. Mirziyoyevga bog‘lanish uchun sutkada 19 mingdan ortiq qo‘ng‘iroq bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri virtual qabulxonasining 1000 telefon raqamiga qo‘ng‘iroqlar soni keskin ortib boratgani sababli, aholidan https://pm.gov.uz sayti orqali hatlarni jo‘natilishi maqsadga muvofiq bo‘lishi aytilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri virtual qabulxonasining 1000 telefon raqamiga qo‘ng‘iroqlar soni keskin ravishda o‘sib bormoqda, natijada 19 oktyabr kuni bir sutka davomidagi qo‘ng‘iroqlar soni 19 mingdan ortdi. Bularning barchasi murojaat yuborish emas, balki murojaatlarning holatini aniqlashtirish bilan ham bog‘liq. Ushbu holatda xizmat sifatini yaxshilash maqsadida operatorlar soni doimo orttirib borilayapti, lekin shu bilan birgalikda aynan qo‘ng‘iroq ko‘p bo‘ladigan vaqtlarda 1000 telefon raqamida navbat kutish holatlari kuzatilmoqda.

Shu sababli, murojaatlar imkoni boricha https://pm.gov.uz sayti orqali yuborilishi hamda holati tekshirilishi maqsadga muvofiq.
Mabodo Internetdan foydalanishga imkoniyat bo‘lmay qolgandagina telefon orqali, aynan qo‘ng‘iroqlar kamroq bo‘ladigan vaqtda murojaat yuborgan ma’qul.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Sh. Mirziyoyevga bog‘lanish uchun sutkada 19 mingdan ortiq qo‘ng‘iroq bo‘ldi