16:47 / 01.11.2016
7 476

«O‘zbekiston temir yo‘llari» yil bo‘yi 15,8 mln nafar yo‘lovchi tashidi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» yil bo‘yi 15,8 mln nafar yo‘lovchi tashidi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida yo‘lovchi tashish borasida belgilangan reja 102,9 foizga bajarildi. 31 oktyabr kun AJning 9 oylik ijtimoiyiqtisodiy faoliyati yakunlari va kelgusidagi rejalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi. Unda qayd etilishicha, yil boshidan buyon «O‘zbekiston temir yo‘llari» orqali 15,8 mln nafar yo‘lovchi o‘z manziliga etkazib qo‘yildi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ temir yo‘l stansiyalaridan 2016 yilning yanvar-sentyabr oylarida 50,5 mln. tonna yuk ortilib, o‘z manziliga etkazildi. Yuklarni ortish hajmi sutkasiga 184,5 ming tonnani yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 100,2 foizni tashkil etdi. Qayd etib o‘tilgan tashishlarni amalga oshirish hisobiga 9 oyda yuk aylanmasi hajmi 13,68 mlrd. tonna/km.ni tashkil etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » «O‘zbekiston temir yo‘llari» yil bo‘yi 15,8 mln nafar yo‘lovchi tashidi