O‘zbekiston tezyurar Talgo-250 elektropoezdini yil oxirigacha qabul qilib oladi, deya xabar qilmoqda O‘zbekiston iqtisodiyot vazirligi, deb Carzone.uz yozmoqda.
Elektropoezd 2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikasiya va yo‘l-transport infratuzilmalarini rivojlantirish va modernizasiya qilish dasturiga asosan olib kelinmoqda. Ushbu dastur doirasida 9,8 mlrd dollarlik 150ta investisiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Ikkita lokomotiv, 10ta yo‘lovchi poezdi va restoran-vagondan iborat yangi poezd 287 nafar yo‘lovchini manziliga etkaza oladi. 38 mln dollarlik ikkita shunday tarkibni Ispaniya kompaniyasidan xarid qilish shartnomasi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va O‘zbekiston rekonstruksiya va taraqqiyot fondi tomonidan moliyalashtirilgan.
Yangi tezyurar poezdlar «Toshkent-Buxoro» yo‘nalishida qatnovni amalga oshiradi.
Hozirda, O‘zbekistonda ikkita Talgo poezdlari harakatlanmoqda. Afrosiyob poezdlari «Toshkent-Samarqand-Buxoro-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha qatnamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi