00:12 / 03.11.2016
10 238

O‘zbekistonda talabalarga navbatdan tashqari ta’til beriladi

O‘zbekistonda talabalarga navbatdan tashqari ta’til beriladi

O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlari talabalariga, o‘zlarining konstitusion huquqlaridan foydalanishga sharoit yaratish maqsadida navbatdan tashqari ta’til taqdim etiladi, deb xabar qiladi «Mulohaza.uz» sayti.

2016 yil 31 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri 2016 yil 4 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun saylovlarda talabalarning doimiy yashash joylaridan qatnashishlariga imkon berish yuzasidan maxsus buyruqni imzolagan.

Unga ko‘ra, O‘zbekistondagi barcha oliy o‘quv yurtlari talabalariga 2016 yil 1-5 dekabr sanalarida navbatdan tashqari ta’til taqdim etish belgilangan. Oliy o‘quv yurtlari rahbariyatlariga mazkur buyruq ijrosini ta’minlash uchun zaruriy choralar ko‘rish vazifasi yuklatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda talabalarga navbatdan tashqari ta’til beriladi