O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi 3-4 noyabr kunlari mamlakatimizda ob-havo keskin ravishda o‘zgarishini xabar qildi.
Respublikamiz bo‘ylab havo o‘zgarib turadi, ayrim hududlarda kuchli yog‘ingarchilik kuzatiladi. 3 noyabr harorat keskin tushib, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, 4 noyabr kuni ba’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanadi.
Shamol sharqdan g‘arbga sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim hududlarda shamol tezligi soniyasiga 17-22 metrgacha kuchayadi.
Havo harorati kunduz kuni 10-15 daraja iliq bo‘ladi. Mamlakatimiz shimolida harorat 5 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Poytaxtimiz Toshkentda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan g‘arbga shamol tezligi soniyasiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida kuchli yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin. Havo harorati kechgi vaqtga qadar +2-+7 darajagacha tushadi.
4-5 noyabr kunlari Respublikamiz bo‘ylab harorat kechasi +2 darajagacha tushishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda 1-2 daraja sovuq bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi