00:33 / 04.11.2016
7 351

4 noyabr kuni O‘zbekistonda qor yog‘ishi mumkin

4 noyabr kuni O‘zbekistonda qor yog‘ishi mumkin

«O‘zgidromet» markazi xabar berishicha, Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 4 noyabr kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanish ehtimoli bor. Kechasi 3-5, kunduzi 5-7 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 1-2 darajagacha sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanish ehtimoli bor. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol tezligi ba’zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanish ehtimoli bor. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol tezligi ba’zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 2-7, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanish ehtimoli bor. Shamol tezligi ba’zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Shamol tezligi ba’zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 4 noyabr kuni O‘zbekistonda qor yog‘ishi mumkin