17:19 / 05.11.2016
6 829

O‘zbekistonda 6 noyabr kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi

O‘zbekistonda 6 noyabr kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi

O‘zbekistonda 6 noyabr, yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda «Daryo» nashri xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, 6 noyabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida -7…-2 daraja sovuq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida -2…+3 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida -2…+5 daraja, Toshkent shahrida 0…+2 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +1…+6 daraja, qolgan hududlarda 0…+5 daraja iliq bo‘ladi.

Yakshanba kuni kunduzi mamlakatning tog‘li joylarida +2…+7 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +8…+13 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +9…+14 daraja, Toshkent shahrida +14…+16 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +13…+18 daraja, qolgan barcha hududlarda +12…+17 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

«O‘zgidromet»ning alohida qayd etishicha, 6 noyabrga o‘tar kechasi va 6 noyabr kuni kunduzi Farg‘ona vodiysi viloyatlarida tuman tushishi ehtimoli bor.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda 6 noyabr kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi