13:10 / 14.03.2015
7 506

O‘zbekistonda prezidentlik saylovlarini 400dan ortiq jurnalist yoritib boradi

O‘zbekistonda prezidentlik saylovlarini 400dan ortiq jurnalist yoritib boradi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov qo‘mitasi o‘zining navbatdagi majlisida prezidentlik saylovlarini yoritishda ishtirok etadigan yana 88 nafar jurnalistni akkreditasiyadan o‘tkazdi. Akkreditasiyadan o‘tgan xorijiy jurnalistlar Ozarbayjon, Belgiya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, BAA, Quvayt, Xitoy, Eron singari davlatlarning gazeta va jurnallari, radio va televideniesi hamda onlayn nashrlari xodimlaridir.
Shu paytgacha 342 nafar OAV xodimlari ro‘yxatga olingan edi. Endilikda saylov jarayonlarini yoritib boradigan jurnalistlar soni 430 nafarga etdi. 2014 yil dekabrida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarini yoritishda 340 jurnalist ishtirok etgan edi.

manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda prezidentlik saylovlarini 400dan ortiq jurnalist yoritib boradi