8–13 noyabr kunlari tasdiqlangan reja-jadvalga binoan Farg‘ona shahrida davlatlararo chegarani delimitasiya va demarkasiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston Hukumat delegasiyalari ishchi guruhlarining uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
O‘zbekistonning Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari bilan Qirg‘izistonning Botken, Jalolobod va O‘sh viloyatlari tutashgan hududlarda davlat chegaralarasining avval muvofiqlashtirilmagan 14 uchastkasida qo‘shma dala tekshiruvlari va instrumental topografik rasmga olish tadbirlari o‘tkazildi.
Ettita uchastka bo‘yicha ishchi guruhlarning pozisiyalari kelishib olindi. Shunday qilib, 13 noyabr holatiga ko‘ra tomonlarning pozisiyalari mos kelgan uchastkalarning umumiy soni 56tani tashkil etmoqda.
Uchrashuvlar yakunlariga ko‘ra tegishli bayonnoma imzolandi va boshqa muvofiqlashtirilmagan uchastkalardagi dala topografik-er tuzish ishlarini o‘tkazishning reja-jadvali kelishib olindi.
Uchrashuv hamjihatlik va an’anaviy do‘stlik ruhida bo‘lib o‘tdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?