19:38 / 14.11.2016
12 163

Reseptsiz beriladigan dorilar ro‘yxati qisqartiriladi

Reseptsiz beriladigan dorilar ro‘yxati qisqartiriladi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi shifokor reseptisiz sotiladigan dori vositalarining yangilangan ro‘yxati loyihasini tayyorladi. Hujjat muhokama uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida e’lon qilingan.

«Kun.uz» xabariga ko‘ra, ro‘yxatni 514 bandgacha qisqartirish (joriy yil qabul qilingan amaldagi ro‘yxatda — 1169 dori vositasi) taklif qilinmoqda. Jumladan, ro‘yxatga 192 monopreparat (hozirda — 186) va 322 kompleksk dori vositasi (983) kiritilgan.

Shifokor reseptisiz sotiladigan dori vositalarining yangilangan ro‘yxati tuzilishi O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tomonidan 31 oktyabr kuni qabul qilingan «Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida ko‘zda tutilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Reseptsiz beriladigan dorilar ro‘yxati qisqartiriladi