8 332
Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyib Erdo‘g‘an: O‘zbekiston-Turkiya hamkorligining yangi sahifasi
Rasmiy tushrif bilan O‘zbekistonga kelgan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan edi. Uchrashuv chog‘ida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.
Suhbat chog‘ida ushbu tashrif ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikka yangi sur’at baxsh etishiga ishonch bildirildi.
Tomonlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish va chuqur qayta ishlash, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, qadoqlash, qayta ishlash va eksport qilish bo‘yicha majmualar barpo etishga, to‘qimachilik va terini qayta ishlash sanoatida zamonaviy qo‘shma korxonalar yaratishga, xususan, birgalikda paxta tolasi va teri xomashyosini chuqur qayta ishlash orqali tayyor brendli mahsulotlarni tashqi bozorlarga chiqarishni yo‘lga qo‘yish, farmasevtika sohasida hamkorlikka oid yangi loyihalar tuzish va amalga oshirish masalalarini ko‘rib chiqdilar.
Turkiyaning etakchi turistik kompaniyalarini jalb etgan holda O‘zbekistonda sayyohlik infratuzilmasini yanada rivojlantirish, Samarqand, Buxoro, Xorazm va Toshkent viloyatlarida xalqaro talablarga mos zamonaviy sayyohlik majmualari barpo etish masalalari muhokama qilindi.
Transport kommunikasiyalariga ham alohida e’tibor qaratildi. “Boku – Axalkalaki – Qars” temir yo‘lining ishga tushirilishi ikki mamlakatni bir-biri bilan bog‘laydigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri transport yo‘lagini yaratishdek strategik ahamiyatga ega masalani hal etishda, binobarin, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda muhim omil bo‘lishi qayd etildi.
Muhokama qilingan masalalardan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston va Turkiyaning o‘z oldiga qo‘yayotgan maqsadlariga erishish uchun kelasi yil boshida Toshkent shahrida Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi majlisini o‘tkazishga, uning doirasida O‘zbekiston – Turkiya sarmoyaviy forumini tashkil qilishga kelishib olindi.
Davlatlararo munosabatlarda madaniy-gumanitar hamkorlik alohida o‘rin tutadi. Tomonlar bu boradagi sheriklikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyib Erdo‘g‘an ushbu uchrashuv davomida erishilgan kelishuvlar ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarib, o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikning yangi sahifasini ochishga xizmat qilishiga qat’iy ishonch bildirdilar.
Shu bilan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning mamlakatimizga tashrifi yakuniga etdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi