23:28 / 03.12.2016
8 368

O‘zbekiston aholisining necha foizi Prezidentni saylash huquqiga ega?

O‘zbekiston aholisining necha foizi Prezidentni saylash huquqiga ega?

O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi 2016 yilning 1 oktyabrida respublikamiz nufusi 31 mln. 977,1 ming kishiga etganini xabar qilgan edi. Xo‘sh, ana shu qariyb 32 mln. kishining qanchasi 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Prezidenti saylovida ovoz berish huquqiga ega? “Tafsilot.uz” mazkur savol bilan Markaziy saylov komissiyasi (MSK)ga murojaat qildi.

MSK matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 21 million 450 mingdan ziyod o‘zbekistonlik davlat rahbarini saylash huquqiga ega. Bu ko‘rsatkich aholining 67,4 foizini tashkil etadi. Saylovda ishtirok etuvchi aholining 49,5 foizi erkaklar, 50,5 foizi esa ayollardan iborat. Qonunchilikka ko‘ra, saylov kunigacha va saylov kuni 18 yoshga to‘lgan va uchastka hududi doirasida vaqtincha yoki doimiy istiqomat qiluvchi fuqarolar ovoz berish huquqidan foydalanadi.

Manba: tafsilot.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston aholisining necha foizi Prezidentni saylash huquqiga ega?