8 014
Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi
O‘zbekiston prezidenti saylovlariga tayyorgarchilikning borishi va o‘tkazilishini kuzatish uchun kelgan Shanxay hamkorlik tashkilotining kuzatuvchilari missiyasiga boshchilik qilayotgan ShHT bosh kotibi Rashid Alimov 4 dekabrda Samarqandga tashrifi vaqtida O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini yod etib, uning qabriga gullar qo‘ydi.
Gullar qo‘yilishi marosimidan keyin Alimov jurnalistlarning savollariga javob berish vaqtida quyidagilarni aytdi: "Islom Abdug‘anievich ulkan tarixiy ko‘lamdagi va ahamiyatdagi shaxs bo‘lgan. Uning nomi O‘zbekistonning zamonaviy tarixiga yangi mustaqil davlatni qurish boshida turgan inson sifatida abadiy kiritildi. U Buyuk davlat arbobi bo‘lib, suveren O‘zbekiston yangi tarixining butun davriningr timsoli. U o‘zbek xalqi taqdiri uchun burilish davrida davlat boshida turib, O‘zbekistonni o‘z ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yo‘liga chiqardi va uni xalqaro hamjamiyatning nufuzli a’zosiga aylantirdi".
Alimov Islom Karimov Shanxay hamkorlik tashkiloti tashkil etilganining birinchi kunlaridanoq tashkilotning shakllanishi va ShHT doirasida barcha tomonlama va ko‘p qirrali hamkorlikning rivojlanishiga katta e’tibor qaratganini ta’kidlab o‘tdi.
"ShHTning Toshkentdagi sammiti tashkilotning u mavjud bo‘lgan 15 yil ichidagi faoliyatining cho‘qqisi bo‘ldi va tashkilotni o‘zaro hamkorlikning va global joylashishning yangi darajasiga olib chiqdi. O‘zbekiston birinchi prezidentining Toshkent sammitining tarixiy qarorlarini ilgari surish va qo‘llab-quvvatlashdagi roli beqiyosdir. Uning nomi Shanxay hamkorlik tashkilotining tarixiga abadiy kiritilgan", deb ta’kidlab o‘tdi Alimov.
ShHTning O‘zbekiston prezidenti saylovlariga tayyorgarchilikning borishi va o‘tkazilishini kuzatish uchun kelgan missiyasi 2016 yil 29 noyabrda o‘z ishini boshladi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?