18:52 / 04.12.2016
6 379

Lola: “Farzandlarim saylovni intizorlik bilan kutdi”

Lola: “Farzandlarim saylovni intizorlik bilan kutdi”

Xonanda Lola “PressClub: Elections-2016.uz” press-klubiga tashrif buyurdi va bugungi saylov kunidagi taassurotlari bilan bo‘lishdi.

Lola, xonanda:

—Biz bugun erta tongdanoq katta hayajon bilan uyg‘ondik. Biz bu kunni juda uzoq kutdik va bu kunga uzoq vaqt tayyorgarlik ko‘rdik. Ayniqsa, farzandlarim har kuni “Biz qachon borib, o‘z tanlovimizni amalga oshiramiz”, deb kun sanadi. Bugungi saylovda bizning ovozimiz katta ahamiyatga egaligini his etishning o‘zi yoqimli. Biz bugun munosib nomzod, katta tajribaga ega bo‘lgan inson uchun ovoz berdik. U qisqa fursat ichida juda ko‘p ishlarni amalga oshirdi. Men bu insonga ovoz berar ekanman, Vatanimning, oilam va farzandlarimning kelajagiga ishonaman.

Hali saylovda ishtirok etishga ulgurmaganlarga esa, o‘z oilangiz bilan tegishli saylov uchastkasiga boring va kelajak uchun ovoz bering, deyman. Buning uchun saylov uchastkalarida barcha sharoitlar yaratilgan. Yosh onalar uchun ona va bola xonalari tashkil etilgan. Ko‘zi ojizlar uchun ilk marta maxsus byulletenlar joriy qilingan.

Yurtimizda o‘tkazilayotgan saylov, avvalgilaridan o‘zining ochiq-oshkoralik ruhida o‘tayotgani bilan farq qiladi. Prezidentlikka ko‘rsatilgan barcha nomzodlarning saylovoldi kampaniyalari yuqori darajada tashkil etildi. Biz oddiy fuqaro sifatida Prezidentlikka nomzodlar haqida to‘liq ma’lumot oldik va Yurtimizni kimning qo‘liga topshirayotganimiz haqida aniq tasavvurga ega bo‘ldik”

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Lola: “Farzandlarim saylovni intizorlik bilan kutdi”