19:38 / 04.12.2016
5 928

Xitoylik kuzatuvchi: “O‘zbekiston xalqi kelajagiga ishonadi”

Xitoylik kuzatuvchi: “O‘zbekiston xalqi kelajagiga ishonadi”

Xitoy xalq Respublikasidan yurtimizdagi muhim siyosiy jarayonni kuzatish uchun tashrif buyurgan Syuy Tao janobi ham bugungi kun bayram kabi o‘tayotganini alohida e’tirof etdi.

— Men O‘zbekistondagi saylov jarayonini kuzatish jarayonida Andijonga tashrif buyurdim. U erda komissiya a’zolari bilan uchrashdik. Barchasi bugungi muhim siyosiy jarayonga sidqidildan xizmat qilmoqda. Bugun ertalab esa Toshkentdagi 14-saylov okrugiga tashrif buyurib, komissiya a’zolarining faoliyati talab darajasida tashkil etilganiga guvoh bo‘ldim. Har bir saylov uchastkasida tashkil etilgan ona va bola xonalari, tibbiy yordam ko‘rsatish xonalari e’tiborimni tortdi.

Men kuzatishlarim jarayonida saylov komissiyasi a’zolaridan tashkil etilgan tibbiy yordam xonalariga murojaat qilganlar bo‘ldimi, degan savol bilan murojaat qildim. Birorta ham ko‘ngilsiz holat kuzatilmaganini ta’kidlashdi. Ertalab soat 8 dayoq ro‘yxatga kiritilganlarning 50-55 foizi ovoz berib bo‘lgandi.

Komissiya a’zolarining kiyinishi ham mening e’tiborimni tortdi: liboslarda milliylik ifoda etilgan. O‘zbekiston xalqi kelajagiga ishonadi, ana shu ma’noda saylovda ishtirok etib ovoz berishmoqda.

O‘zbekiston xalqi bilan saylov kuni ro‘para kelsam, har biridan albatta bayram bilan deya tabriklashganiga guvohi bo‘ldim. Yana bir alohida e’tiborli jihat shuki, barcha saylovchilar kundalik yumushlarini ikkinchi darajaga qoldirib, avval ovoz berishga borishganidir. Garchi mening ovoz berish huquqim bo‘lmasa-da, ko‘kragimga “Men ovoz berdim, siz-chi?” degan shior yorliq yopishtirishdi. Bu O‘zbekiston kelajagi buyukligidan dalolatdir.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Xitoylik kuzatuvchi: “O‘zbekiston xalqi kelajagiga ishonadi”