22:42 / 06.12.2016
7 292

I.Karimov haykalini yaratish bo‘yicha tanlov ishlari A.Aripovga yuklatildi

I.Karimov haykalini yaratish bo‘yicha tanlov ishlari A.Aripovga yuklatildi

Buyuk davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov siymosi tasvirlangan haykalni yaratish bo‘yicha xalqaro ijodiy tanlovni tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilindi.

Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov siymosi tasvirlangan haykalni yaratish bo‘yicha Xalqaro ijodiy tanlov e’lon qilinadi. Tanlovning tashkiliy ishlari Bosh vazir o‘rinbosari A.Aripovga yuklatilgan. Mazku qaror bandlari quyidagicha:

1. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Fanlar akademiyasi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi va keng jamoatchilikning O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov siymosi tasvirlangan haykalni yaratish bo‘yicha Xalqaro ijodiy tanlovni (keyingi o‘rinlarda Xalqaro tanlov deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

2. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov siymosi tasvirlangan haykalni yaratish bo‘yicha Xalqaro ijodiy tanlovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita (keyingi o‘rinlarda tashkiliy qo‘mita deb ataladi) tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Tashkiliy qo‘mita (A.Aripov) o‘n besh kun muddatda Xalqaro tanlovning tadbirlar rejasi, xarajatlar smetasi, nizomi, reglamenti va dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

3. Belgilab qo‘yilsinki, tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq Xalqaro tanlovga tayyorgarlik ko‘rish va uni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2016-2017 yillar uchun xarajatlar smetasida nazarda tutilgan byudjet mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi va xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari orqali O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan taqdim qilingan Xalqaro tanlov hamda unda ishtirok etish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning tegishli xorijiy ijodiy tashkilotlarga yigirma kun muddatda etkazilishini ta’minlasin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Tashkiliy qo‘mita buyurtmanomalariga binoan Xalqaro tanlov o‘tkazilishi jarayonida tarjimonlar ishtirokini ta’minlasin.

6. O‘zbekiston Badiiy akademiyasining buyurtmanomalariga binoan Xalqaro tanlov doirasida xorijiy davlatlardan keltiriladigan yuklar bojxona to‘lovlaridan ozod qilinsin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Xalqaro tanlovning xorijiy qatnashchilariga kirish vizalarining konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlasin.

8. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Xalqaro tanlovning xorijiy qatnashchilarini va unga aloqador yuklarni to‘lovlarning barcha turlaridan ozod qilsin.

9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xalqaro tanlovning g‘oliblarini taqdirlash bilan bog‘liq tadbir o‘tkaziladigan joylarda jamoat tartibini hamda uning qatnashchilari va mehmonlariga xizmat ko‘rsatuvchi avtotransport vositalari harakati xavfsizligini ta’minlasin.

10. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Xalqaro tanlov jarayonlarini keng yoritish tavsiya etilsin.

11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Aripov zimmasiga yuklansin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » I.Karimov haykalini yaratish bo‘yicha tanlov ishlari A.Aripovga yuklatildi