10:38 / 07.12.2016
9 555

Shavkat Mirziyoyevning ilk rasmiy tashrifi qaysi davlatga bo‘ladi?

Shavkat Mirziyoyevning ilk rasmiy tashrifi qaysi davlatga bo‘ladi?

O‘zbekistonning yangi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyev ilk rasmiy tashrif bilan Rossiya Federasiyasida bo‘ladi. Bu haqda "Izvestiya" gazetasi yozmoqda.
"O‘zbekistonning yangi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining ilk rasmiy tashrifini Rossiyaga uyushtiradi", — deb yozmoqda nashr O‘zbekiston hukumatining yuqori martabali manbasiga asoslangan holda.

Bundan tashqari, RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov gazetaga aytishicha, Kreml bu tashrifni yuqori baholaydi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 4 dekabr kuni O‘zbekistonda o‘tkazilgan prezident saylovida 88, 61 foiz ovoz to‘plab, g‘olib bo‘lgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyevning ilk rasmiy tashrifi qaysi davlatga bo‘ladi?