Moskva shahar dumasining yodgorlik san’ati bo‘yicha komissiya payshanba kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda Rossiya poytaxtida O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov haykali o‘rnatilishi g‘oyasini bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Komissiya raisi Igor Voskresenskiyga asoslanib Interfaks nashrining xabar berishicha, Karimovga Moskvada yodgorlik o‘rnatish g‘oyasi O‘zbekiston tomonidan bildirilgan.
Yodgorlik Polyanka ko‘chasidagi xiyobonga o‘rnatilishi rejalashtirilgan.
"Haykal O‘zbekiston elchixonasi fonida joylashadi", - deya qayd etgan Voskresenskiy.
O‘z navbatida O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Bahrom Ashrafxonov komissiya a’zolariga ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashgani uchun minnatdorchilik bildirgan.
"Haykal loyihasi xalqaro tanlov orqali tanlanadi", - degan elchi.
Haykaltaroshlik ishlari uchun to‘lovlar O‘zbekiston tomonidan amalga oshiriladi, hududdagi obodonlashtirish va qurilish ishlari xarajatlari Moskva byudjeti tomonidan qoplanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi