11:13 / 10.12.2016
11 866

Namangandagi erto‘lalardan 400 dan ortiq bedarak yo‘qolgan bolalar topildi

Namangandagi erto‘lalardan 400 dan ortiq bedarak yo‘qolgan bolalar topildi

Qo‘qon shahri, Chust, Pop, Andijon va Guliston tumanidan bo‘lgan 13-14 yashar bedarak yo‘qolgan bolalar Namangandagi qurilishi bitmagan uy erto‘lasida yashab yurgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Postda” nashri yozmoqda. Ma’lumotga ko‘ra, ular bu erda 6-7 oy davomida yashab kelishgan.

Namangan viloyati IIB kapitani D. Xudoyberdievning aytishicha, so‘nggi paytlarda boshqa viloyatlardan kelib qolgan voyaga etmaganlar ko‘paygan, ular tilanchilik va o‘g‘rilik bilan shug‘ullanib, tunlari erto‘la va xiyobonlardan panoh topmoqda.

Joriy yil davomida birgina Namangan shahridagi erto‘lalardan 400 nafardan ortiq kishi qo‘lga olingan bo‘lib, ularning asosiy qismini voyaga etmagan bolalar tashkil etadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Namangandagi erto‘lalardan 400 dan ortiq bedarak yo‘qolgan bolalar topildi