14:58 / 12.12.2016
8 409

Shavkat Mirziyoyev Istanbuldagi terakt munosabati bilan Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Istanbuldagi terakt munosabati bilan Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 dekabr kuni Istanbul shahrida yuz bergan va ko‘plab insonlarning halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan terrorchilik harakati munosabati bilan Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga va butun Turkiya xalqiga chuqur ta’ziya bildirdi. Bu haqda «Daryo» nashri xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev maktubida halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik so‘zlarini izhor qildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Istanbulda «Beshiktosh» futbol klubi stadioni yaqinida yuz bergan qo‘sh terakt qurbonlari soni 39 kishiga etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Istanbuldagi terakt munosabati bilan Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga hamdardlik bildirdi