Shu yilning 13 sentyabrida Shavkat Mirziyoyev farmoniga muvofiq O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari, Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tasdiqlangan Adham Ikromov endi Sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlangan. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
U 2012 yilning yozidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan Anvar Valievich Alimovning o‘rnini egalladi.
Ma’lumot uchun, Adham Ikromov bundan avval ham shu sohaga rahbarlik qilgandi. U 2009 yilning apreliga qadar Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, 2009 yilning aprelidan 2012 yilning fevraligacha sog‘liqni saqlash vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.
2012 yilning 7 avgustida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov o‘z farmoni bilan Adham Ilhomovich Ikromovni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining yangi o‘rinbosari, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha majmua rahbari etib tayinlagandi.
2015 yilning iyulida esa u Sog‘liqni saqlash, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish rahbari etib tayinlangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi