9 530
Shavkat Mirziyoyev 14 dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti sifatida qasamyod qilishi kutilmoqda
O‘zbekistonning saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning inaugurasiyasi 14 dekabr, chorshanba kuni Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisi vaqtida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Bu haqda «Daryo» nashri ma’lum qildi.
Xabar berishlaricha, 14 dekabr Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tadi. Unda 4 dekabr kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Prezidenti saylovida g‘alaba qozongan Shavkat Mirziyoyev davlat rahbari sifatida qasamyod qilishi kutilmoqda.
Avvalroq, 9 dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasi (MSK) O‘zbekiston Prezidenti saylovining yakuniy natijalarini rasmiy tarzda e’lon qilgan edi. Unga ko‘ra, O‘zLiDePdan nomzodi ko‘rsatilgan Shavkat Mirziyoyev saylovchilarning 88,61 foiz ovozini qo‘lga kiritib, saylovda g‘olib chiqdi.
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi qonun 39-moddasiga muvofiq, Prezident MSK tomonidan saylov natijalari rasmiy tarzda e’lon qilingan kundan e’tiboran kechi bilan ikki oy ichida Oliy Majlis yig‘ilishida qasamyod qilgan paytdan boshlab o‘z lavozimiga kirishishi lozim.
O‘zbekiston Konstitusiyasining 92-moddasiga ko‘ra, Prezident Oliy Majlis yig‘ilishida quyidagi qasamyodni qabul qilgan paytdan boshlab o‘z lavozimiga kirishgan hisoblanadi: «O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitusiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman». “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi