01:50 / 14.12.2016
7 543

Senatning sakkizinchi yalpi majlisida 15ta masala ko‘rib chiqildi

Senatning sakkizinchi yalpi majlisida 15ta masala ko‘rib chiqildi

2016 yilning 13 dekabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisi ochildi. Majlisda Vazirlar Mahkamasining taklif etilgan a’zolari, vazirliklar va idoralar rahbarlari, boshqa tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Majlis davomida senatorlar 2017 yilgi bandlik dasturini va 2017 yilgi davlat byudjetini tasdiqlashdi.

Bundan tashqari, senatorlar shu kuni bir qator qonunlarni, jumladan, “Soliq va byudjet siyosatining 2017 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi va “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ko‘rib chiqishdi.

Shuningdek, senatorlar tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish, jahon miqyosida milliy manfaatlarni himoya qilish, xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, viloyat hududlariga chet el investisiyalari va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish, turizmni rivojlantirish, mamlakatning xalqaro imijini mustahkamlash, shuningdek, ushbu sohalardagi parlament nazoratini kuchaytirish maqsadida Senat raisining birinchi o‘rinbosari lavozimini joriy etish haqida qaror qabul qilgan va bu lavozimga Sodiq Safoyev saylangan.

Shundan keyin senatorlar “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitusiyaviy qonunga, "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi va “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonunlarga muvofiq aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlardan himoya qilish, shuningdek, sanoat xavfsizligi va radiasiyaviy xavfsizlik sohasidagi qonun hujjatlarining ijrosi to‘g‘risida “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i B.Gulyamovga yuborilgan parlament so‘roviga berilgan javobni ko‘rib chiqdilar hamda axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri X.Mirzaxidovga “Elektron hukumat” tizimini joriy etishga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi to‘g‘risida parlament so‘rovini yuborish haqida qaror qabul qilishdi.

So‘ngra senatorlar O‘zbekiston Respublikasining Quvayt Davlatidagi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tayinlash hamda O‘zbekiston Respublikasining Hindiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisini lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqqan.

Yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi. Tegishli qarorlar qabul qilindi.

Senat yalpi majlisi davomida demokratik yangilanishlarni, bozor islohotlarini bosqichma-bosqich chuqurlashtirishga, davlat boshqaruvi sohasida parlament hamda jamoat nazoratini kuchaytirishga qaratilgan 15ta masala, shu jumladan, 5 ta qonun ko‘rib chiqildi. Senatning sakkizinchi yalpi majlisida qabul qilingan qarorlar fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ishonchli kafolatlarini ta’minlash, aholi turmush darajasini yanada oshirish, mamlakatda barqarorlik hamda farovonlikni mustahkamlash uchun muhim omil bo‘lishi ta’kidlandi.

Shuning bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisi o‘z ishini yakunladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Senatning sakkizinchi yalpi majlisida 15ta masala ko‘rib chiqildi