21:06 / 15.12.2016
13 545

Rustam Azimov Markaziy bank raisi etib tayinlanishi kutilmoqda

Rustam Azimov Markaziy bank raisi etib tayinlanishi kutilmoqda

O‘zbekiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — moliya vaziri Rustam Azimov O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank raisi etib tayinlanishi kutilmoqda. Shu bilan birga, u Bosh vazir o‘rinbosari maqomini ham saqlab qoladi. Ya’ni Markaziy bank raisi lavozimi Bosh vazir o‘rinbosarligiga tenglashtirildi, deb yozadi tafsilot.uz nashri.

Muxbirlarimiz mazkur xabarga oydinlik kiritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi moliy vazirligiga qo‘ng‘iroq qildi. Vazirning matbuot kotibi Ilhom Yuldashev (239-88-93) bilan bog‘lanishni imkoni bo‘lmadi. Vazir qabulxonasiga (233-70-73) qo‘ng‘iroq qilganimizda, Rustam Azimov ayni paytda xizmat safarida ekani ma’lum qilindi. Vazir yordamchisi rahbarining boshqa ishga o‘tkazilgani haqida ma’lumotga ega emasligini aytdi hamda bu xabarga oydinlik kiritish uchun peshindan keyin yana bir marta qo‘ng‘iroq qilib ko‘rishimizni so‘radi.

“Tafsilot.uz” O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining qabulxonasiga (233-68-29) qo‘ng‘iroq qildi. Rais yordamchisi bu xabarni izohlashdan bosh tortdi hamda Markaziy bankning matbuot xizmati bilan bog‘lanishimizni tavsiya qildi. Matbuot xizmati (212-60-52) bilan bog‘langanimizda, qo‘ng‘irog‘imizga javob bergan shaxs bu haqda ma’lumotga ega emasligini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Rustam Azimov Markaziy bank raisi etib tayinlanishi kutilmoqda