20:42 / 17.12.2016
9 558

Shavkat Mirziyoyev: "2017 yilda Surxondaryoda 18 ming gektar paxta maydoni qisqartiriladi"

Shavkat Mirziyoyev: "2017 yilda Surxondaryoda 18 ming gektar paxta maydoni qisqartiriladi"

16 dekabr kuni xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi, deb yozmoqda Sof.uz sayti.

Yig‘ilishda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, uning eksport salohiyatini oshirish, istiqbolli yangi sanoat ob’ektlari barpo etish, ijtimoiy infratuzilmani yanada yaxshilash borasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Surxondaryo viloyatining unumdor tuprog‘idan, quyoshli iqlimidan oqilona va samarali foydalanishimiz kerak. Viloyatda 2019 yilgacha bosqichma-bosqich 26 ming 800 gektar, jumladan, 2017 yilda 18 ming gektar paxta maydoni qisqartiriladi. Uning o‘rniga meva-sabzavot etishtiruvchi fermer xo‘jaliklari tashkil qilinadi. Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda fermerlik harakatining ahamiyati katta, deya ta’kidladi Mirziyoyev.

Prezidentimiz viloyatda yo‘l qo‘yilgan kamchilik va mavjud muammolar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

Boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan Tojimurod Mamaraimov Surxondaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod qilinib, Shavkat Mirziyoyev tavsiyasiga binoan Navoiy viloyati hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Erkin Turdimov viloyatga hokimi etib saylandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev: "2017 yilda Surxondaryoda 18 ming gektar paxta maydoni qisqartiriladi"