22 dekabrdan boshlab O‘zbekistonning barcha hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lib kuchli sovuq tushishi kutilmoqda.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida 23-25 dekabr kunlari shamol kuchayib, uning tezligi sekndiga 15-20 metrni tashkil qiladi. Havo harorati —12…-17 darajagacha pasayyadi. Ustyurt yassi tog‘ligida tungi havo harorati —23 darajani, kunduzgi esa —7…-12 darajani tashkil qilishi kutilmoqda.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida qor va yomg‘ir yog‘ib, ayrim hududlarlda tuman bo‘lishi kutiladi. 22-23 dekabr kunlari havo harorati 0…-5 darajani tashkil qiladi. 24-25 dekabr tunda havo harorati —7…-12 darjani, kunduzi esa —2…-7 daraja sovuqni tashkil qiladi.
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida havo unchalik sovuq bo‘lmaydi. Shamol tezligi 7-12 m/s ni tashkil qiladi. Havo harorati tunda tundan 0…-5 darajani, ayrim hududlarda —7 darajagacha sovuq bo‘lishi mumkin. Kunduzi esa, harorat +4…+9 darajagacha isishi ktuilmoqda.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 22-23 dekabr tunda havo harorati 0…-2 daraja, 24-25 dekabrda esa —4…-9 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi havo harorati +2…+7 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ayrim joylarda tuman tushishi va shamol tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. 22-23 dekabr kunlari havo harorati tunda 0…-3 daraja sovuq, kunduzi esa 0…+5 daraja issiq bo‘lishi mumkin. 24-25 dekabr tunda havo harorati —7…-12 daraja sovuq, kunduzi esa 0…+5 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi paydo bo‘ladi. 23-25 dekabr tunda havo harorati —18 darajagacha sovuq bo‘lishi, kunduzi esa —10 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi