Sizga jurnalist sifatida murojaat etishimdan maqsad bizni soxadagi eng og‘riqli muammoni bayon etishdir. Mana mustaqil bo‘lganimizga 25 yildan oshdi. Har bir soxalarda katta o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Milliy jurnalistikamiz ham rivojlandi. Buni telekanallar, radio, gazeta va internet portallari misolida ham ko‘rish mumkin. Ularning soni kun sayin ortib bormoqda. Quvonarlisi ularning aksariyati xususiy, mustaqil OAVlardir.
Biroq, aksariyat OAVlar xorij yangiliklarini va qo‘shni davlatda ro‘y bergan yangilik, hodisalarni yoritishda TASS, RIA-Novosti va boshqa chet-el axborot agentliklariga murojaat etadi. Bugungi kunda xorij yangiliklarini yoritishda jurnalistlar tarjimon bo‘lib qolmoqda. Faqatgina chet-el axborot agentliklarining nuqtai nazaridan kelib chiqib yangiliklarni yoritmoqdamiz. To‘g‘ri yangilikda mulohaza bo‘lmaydi unda quruq axborot etkaziladi. Lekin, shu yangilikni etkazishda ham dunyo axborot maydonida xolislik yuqori emas. Unda baribir noxolislik bor va uning ortida qaysidir davlatning manfaati yotadi. Bu xususida ortiqcha yozishning nazarimda hojati yo‘q.
O‘zimizning dunyo miqyosida yoki MDX, chegaradosh qo‘shni davlatlar voqealarini etkazib beruvchi xalqaro jurnalistlarimiz yo‘q. Aniqrog‘i, xalqaro yangiliklarni O‘zbekiston “ko‘zi, so‘zi” bilan sharhlaydigan axborot agentligi yo‘q. To‘g‘ri “jahon” axborot agentligi mavjud, lekin uning faoliyati mamlakatimiz axborot bozorida yo‘q darajada. Qaysi etakchi axborot vositasi aynan, “jahon” agentligining ma’lumotlariga asoslanib axborot etkazadi? Men "jahon" axborot agentligini tanqid qilish niyatida emasman. Maqsadim, yurtimizda o‘zimizning dunyo miqyosida faoliyat yurituvchi axborot agentligi bo‘lsa. Bugungi kunda axborot bozorimizdagi yangiliklarning aksariyati rus tili, qisman ingliz tilidan tarjima qilinadi. Mustaqilligimizga 25 yildan oshdi, nazarimda bizning ham dunyoning dolzarb yangiliklarini, joyidan birinchi manba sifatida etkazib beruvchi axborot agentligiga ega bo‘lishimiz vaqti etdi. Bu borada amaliy yordam berishingizni so‘rab qolaman. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!