7 459
Shavkat Mirziyoyev o‘zbek va qirg‘iz xalqlarida juda ko‘p ijobiy o‘zgarishlar bo‘lganini aytdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 dekabrda Samarqandga amaliy tashrif bilan kelgan Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atamboyevni samimiy qutladi.
"Bu barchasi yuz berganda siz bosh vazir boshchiligidagi katta delegasiyani yuborganingiz juda erishdir. Og‘ir damlarda ham biz bilan birga bo‘lgansiz. Bugun esa siz Birinchi prezidentimiz xotirasini yod etdingiz. Bu Islom Abdug‘anievich va O‘zbekiston xalqiga mutlaq o‘zgacha munosabatingizdir", deb aytdi Shavkat Mirziyoyev.
"Islom Abdug‘anievich siz ShHTda oxirgi marta qanday gaplashganingizni aytib bergandi. U menga aytgandi: "Sen tayyorlan, biz albatta sentyabrda Bishkekka boramiz". Biroq shunday bo‘ldi... O‘ylashimcha, biz hammamiz u aytgan narsalarni bajarishimiz kerak", deb qo‘shimcha qildi Shavkat Mirziyoyev.
"Bu uch oy ichida sizning ko‘magingizda xalqlarimizda ko‘p ijobiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Ular bu kunlarni juda uzoq kutishgandi. Sizga chin dildan aytaman: menga hattoki Qirg‘izistondan maktublar yozishmoqda. Almazbek Sharshenovich boshchiligida yo‘l ochganimizga minnatdorchilik bildirmoqdalar. Biz olgan sur’atni davom ettirish kerak", deb ta’kidlab o‘tdi O‘zbekiston Prezidenti. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi