6 627
Yagona portalda bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish xizmati ishga tushirildi
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni (fasadini ta’mirlashni) kelishish yangi interaktiv davlat xizmati ishga tushirildi. Xizmat O‘zbekiston Respublikasi Davlat Arxitektura va qurilish qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslar uchun taqdim etiladi.
Ushbu xizmatdan foydalanish jarayonida bino va inshoot fasadining eskiz loyihasini elektron shaklda yuborish lozim. Arizani ro‘yxatga olgan kundan boshlab, 5 ish kuni mobaynida inspektor ko‘rsatilgan manzilga ob’ektni o‘rganish uchun boradi.
Ushbu xizmatning natijasi bo‘lib, bino va inshoot fasadining eskiz loyihasini tasdiqlash haqida xabarni olish (1 ish kuni muddatida) hisoblanadi. Eslatib o‘tamiz, arizachi tomonidan taqdim etilgan bino va inshoot fasadining eskiz loyihasi talablarga javob bermasa, shuningdek bino va ishootlarni o‘rganish natijasidan kelib chiqib asoslangan salbiy xulosa xizmatni olishda rad etilishining sababi bo‘lishi mumkin.
Vakolatli organ tomonidan bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Shaharsozlik faoliyati va qishloq xo‘jaligidan boshqa ehtiyojlar uchun er uchastkalari berishning, bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni (fasadini ta’mirlashni) kelishishning, shuningdek ob’ektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga, turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsatnomalar berishning umumiy belgilangan tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2016 yil 9 martdagi 70-son qaroriga binoan yig‘im undirilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi